15:11 / 24.04.2017
7 013

Endi O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotiladi

Endi O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotiladi
Toshkent shahri va O‘zbekiston hududlarida gaz ta’minoti ob’ektlari qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlar vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu prezidentning 20 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda gazeta.uz nashri.

Tajriba loyihasi doirasida poytaxtda xususiy operatorga Bektemir tumanining «Bektemirtumangaz» tuman ekspluatasiya xizmati ob’ektlarini o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Qoraqalpog‘istonda «Kegeylitumangaz», Andijon viloyatida - «Shahrixontumangaz», Buxoroda — «Kogontumangaz», Jizzaxda — «Zomintumangaz», Qashqadaryoda — «Qarshitumangaz», Navoiyda — «Qiziltepatumangaz», Namanganda — «Namangantumangaz», Samarqandda — «Narpaytumangaz», Surxondaryoda — «Jarqo‘rg‘ontumangaz», Sirdaryoda — «Yangiershahargaz», Toshkentda — «Yangiyo‘ltumangaz», Farg‘onada — «Oltiariqtumangaz» hamda Xorazm viloyatida «Yangiariqtumangaz» filiali ob’ektlari vakolatli boshqaruvga o‘tkaziladi.

Qarorda ta’kidlanishicha, qaror gaz ta’minoti tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish va samarali boshqarish tizimini yaratish, uning modernizasiyasi uchun sarmoyalar jalb etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va etkazib berilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida to‘lovlar qilinishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Vakolatli boshqaruvni 1 iyundan joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususiy operatorlar tanlov bo‘yicha saralab olinadi. Ular tomonidan tabiiy gazni sotish, uni realizasiya qilish uchun lisenziya olmagan holda amalga oshiriladi. Ularga gaz savdosi hajmining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan komissiya mukofoti ko‘zda tutilgan. Xususiy operatorlar, xodimlari sonidan qat’iy nazar, yagona soliq to‘lovini to‘laydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotiladi