07:21 / 26.04.2017
7 583

Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilindi

Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilindi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali loyihasini yaratish bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga diplomlar hamda sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlov tashkilotchilari bilan birga ushbu xayrli ishda faol qatnashgan haykaltaroshlar ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tanlovning barcha ishtirokchi hamda g‘oliblarini samimiy qutlab, eng munosib ishlarni aniqlash juda qiyin bo‘lganini ta’kidladi.

Shuningdek u haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turganini alohida qayd etdi. A.Nur barcha haykaltaroshlarni kelgusida Sh.Rashidov, A.Oripov, O.Sharafiddinov, S.Ahmad va S.Zunnunova, M.Yusuf haykallarini yaratish bo‘yicha tanlovlarda faol qatnashishga chaqirdi.

Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yo‘nalishda katta ishlar qilib, o‘z xulosasini bayon etdi.

Tanlov g‘olibi, Ilhom Jabborov asari

Tanlovda aksariyat ovozlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin - yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa - To‘lagan Tojixo‘jaevga nasib etdi. Barcha g‘oliblarga mukofot pullari topshiriladi. Shuningdek rag‘batlantiruvchi sovg‘alar egalari ham pul bilan mukofotlanadi. Bular - Yorqulov To‘lagan, Axmetzyanov Farit, shuningdek janubiy koreyalik haykaltaroshlar Kang Chul Xi, Li Chong An va Chung Yung Su.

Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.









arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilindi