Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar 8-raundi doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, sayyohlik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlar holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek etakchi xalqaro tashkilot va institutlar, birinchi navbatda BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doiralaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha pozisiyalarning o‘xshash va muvofiqligini tasdiqladi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro masalalarni ham muhokama qilishgan.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, vazirlar Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2017—2018 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi.
Tadbirlarda Turkiya elchisi Ahmet Bashar Sheen ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi