Prezident Sharof Rashidov tumani «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, «Uchtepa» massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Kun nashri xabariga ko‘ra, davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlarga ega bitta bir qavatli uyda 42 oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Bunday zamonaviy uylar qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatimizga va ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda.
Yangi uylar «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda.
«Mahalla raisi va profilaktika inspektori har kuni har bir oilaning holidan xabardor bo‘lishi kerak», degan prezident.
Davlat rahbari xalq bilan muloqot qilgan.
Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 18 massivda 866 uy-joy qurilishi mo‘ljallangan. «Uchtepa» massivida 6 ta 2 qavatli 16 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur uylar 1 sentyabrgacha foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?