07:27 / 28.04.2017
5 120

O‘zbekiston hukumati «O‘lmas polk» aksiyalarini o‘tkazishga ruxsat bermadi

O‘zbekiston hukumati «O‘lmas polk» aksiyalarini o‘tkazishga ruxsat bermadi
O‘zbekistonda joriy yilda «O‘lmas polk» aksiyalari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Aksiyaning rasmiy saytida shu haqida xabar berildi.

«Hurmatli, o‘zbekistonliklar! Butun dunyoda hukmron murakkab siyosiy vaziyat tufayli bu yil «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilmaydi. Bu hukumatimiz tomonidan qabul qilingan to‘g‘ri qaror deb hisoblaymiz, zero ikkinchi Piterga hojat yo‘q», - deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi «O‘lmas polk» haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan, biroq inkor ham etmagan. «Bizda bu haqidagi ma’lumotlar yo‘q», - deyilgan hokimiyat kotibiyatida.

«O‘lmas polk» fuqarolik tashabbusi koordinatori Sergey Lapenkovning RBK nashriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati mazkur aksiyaning o‘tkazilishiga ruxsat bermagan.

Lapenkov ushbu aksiya O‘zbekistonda ilk marta 2016 yilda o‘tkazilgani, lekin u tadbir rasmiy mavqega ega bo‘lmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror «prezident ma’muriyati darajasida» qabul qilingan.

Aksiyaning O‘zbekistondagi koordinatori Amir Mollaxning RBKga ma’lum qilishicha, tashkilotchilar mamlakat hukumati qarorini xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘g‘ri deb hisoblashadi. Manbaga ko‘ra, «O‘lmas polk» ishtirokchilari bu yil Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish bilan cheklanishadi. Shundan so‘ng urush faxriylarini tabriklab, konsert dasturi namoyish etiladi.

«O‘lmas polk» aksiyasi xalq tashabbusi sifatida ilk marta 2012 yilda Tomskda o‘tkazilgan. Keyinchalik aksiya butun Rossiya, shuningdek boshqa mamlakatlar bo‘ylab o‘tkazila boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hukumati «O‘lmas polk» aksiyalarini o‘tkazishga ruxsat bermadi