14:54 / 28.04.2017
8 582

Toshkent ko‘chalaridan 9 may sharafiga avtokolonna o‘tdi (foto)

Toshkent ko‘chalaridan 9 may sharafiga avtokolonna o‘tdi (foto)
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi keng miqyosdagi bayram tadbirlari dasturini tayyorlamoqda deb yozadi Darakchi nashri.

Shahar bo‘ylab avtomobil kolonnasi marshi ham bayram tadbiri dasturiga kiritildi. Mazkur tadbirning bugungi repetisiya jarayonini Toshkent shahar aholisining aksariyat qismi kameraga muhrlab, “Voditeli Tashkenta” guruhida bo‘lishishdi. Tadbir repetisiyasi davomida avtokolonna Janubiy vokzalning Gavhar ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasiga, undan Yunusobod orqali o‘tib, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi akademik Mirzaev nomli bog‘dorchilik instituti tomon yo‘l oldi.

Hammamizga yaxshi ma’lumki, 9 may kuni poytaxtimizda mamlakat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan bayram tadbiriga O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi 600 dan ortiq urush va mehnat faxriylari taklif etiladi. Ular Toshkentga kelishlari uchun temiryo‘l va avtomobil transportlari xizmati, mehmonxona, oziq-ovqat bilan ta’minlanadi, moddiy yordam ko‘rsatiladi, shu bilan birga ular ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etishadi, mazkur tantanali tadbir uchun zarur bo‘lgan holda kiyim-kechak bilan ham ta’minlanadi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent ko‘chalaridan 9 may sharafiga avtokolonna o‘tdi (foto)