30 aprel kuni Ashxobod shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qabul qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti va butun turkman xalqiga yo‘llagan iliq salom va samimiy ehtirom so‘zlarini etkazdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga shu yilning 6-7 mart kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ruhida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ikki davlat rahbariyatlarining siyosiy irodasi natijasida bugun davlatlararo aloqalar sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilib, bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-komminikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni faollashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan hozirda Turkmaniston raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring