21:05 / 01.05.2017
6 463

Yangi hujjat imzolandi: Valyuta tushumlari xususiy tadbirkorlarning o‘zida qoladi

Yangi hujjat imzolandi: Valyuta tushumlari xususiy tadbirkorlarning o‘zida qoladi
Xususiy tadbirkorlar valyuta tushumini davlatga majburiy sotishdan ozod qilinadi. Bu qaror Vazirlar mahkamasining «Xususiy tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘risida»gi qarori mustahkamlangan.

Biroq, yangi hujjatga ko‘ra, bu qoida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, mis va misdan yasalgan mahsulotlar, shuningdek tabiiy gaz eksport (jumladan tranzit) qiluvchilar uchun amal qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qarorga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutadagi tushumlarini davlatga sotish majburiyatlari tartibi o‘zgartirilgan edi.

2017 yil 1 fevralidan boshlab markazlashmagan holda eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar banklarga valyuta tushumining 50 foizini emas, 25 foizini sotishadi.

Qayd etish joizki, 16 xil tovar va xizmatlar uchun eski qoidalar saqlanib qolingan. Ular uchun valyuta tushumini sotish majburiyati hamon 50 foizligicha qolmoqda. Bu ro‘yxatda bug‘doy, oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz sohasining boshqa mahsulotlari (shuningdek, tranzit), uran, polietilen, polipropilen, qora matellar, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boshqa nometall elementlar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar, metallokeramika, avitransport xizmatlari, temiryo‘l transporti xizmatlari, telekommunikasion va bank xizmatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi hujjat imzolandi: Valyuta tushumlari xususiy tadbirkorlarning o‘zida qoladi