22:16 / 01.05.2017
6 464

O‘zbekistonlik bortkuzatuvchilar xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lishdi

O‘zbekistonlik bortkuzatuvchilar xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lishdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning bortkuzatuvchilar jamoasi Moskvadagi «Sky Service –2017» nufuzli professional tanlovi g‘oliblariga aylanishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Tanlovda 21 aviakompaniyadan bo‘lgan bortkuzatuvchilar ishtirok etdi, ular uchun ISPY noyob ixtisoslashtirilgan texnologiyasi bo‘yicha o‘quv treninglari, SKYSHOP katalogida taqdim etilgan brend savdo markalari vakillaridan usta-darslari tashkil etildi. SkyService-2017 maydoni ma’lum bir mavzularga bo‘lib chiqildi: ko‘rgazma, anjuman, seminarlar va taqdimotlar.

Har bir 4 ta treninglar yakuni bo‘yicha uchta finalchi tanlab olindi, ularga sovrinlar topshirildi. Elvina Kaybulaeva, Natalya Kim, Regina Aynutdinova va Shahnoza Rasuleva bo‘lgan O‘zbekiston jamoasi «Sotuvlarni yo‘lovchilarni xabardor etish orqali oshirish» yo‘nalishida g‘olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «SkyService» - xalqaro darajadagi katta tadbir bo‘lib, u havo kemalari bortlarida servis va xizmatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik bortkuzatuvchilar xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lishdi