07:43 / 02.05.2017
8 460

"Dunyoning eng tezyurar poezdlari reytingi"da O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

"Dunyoning eng tezyurar poezdlari reytingi"da O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
GoEuro dunyoning eng tezyurar poezdlarga ega mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston 17-o‘rinni egallab, AQSh, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlarini ortda qoldirdi deb ma’lum qiladi Kun nashri.

Mazkur reyting yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar bo‘yicha Osiyo mamlakatlari etakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Reytingdagi ilk uchlikda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarini ko‘rish mumkin. Yaponiyaning SCMaglev poezdining maksimal tezligi - soatiga 603 kilometr. Xitoyning MagLev poezdi soatiga 501 kilometr tezlikda harakatlanadi. Janubiy Koreyaning tezkor poezdi esa soatiga 421 kilometr tezlikka ega.

Reytingni tuzishda poezdlarning maksimal tezligi, ishchi tezligi, liniya chizig‘i, aholi qamrovi kabi ko‘rsatkichlar inobatga olindi.

Tezkor temir yo‘l tarmoqlari qaysidir mamlakatlar uchun nisbatan yangidek ko‘rinsa-da, quyidagi 20 mamlakat uchun u asosiy transport vositalaridan biri hisoblanadi:

Dunyodagi eng tezyurar poezdlar reytingidan ko‘rish mumkinki, Evropa mamlakatlari bu masalada biroz orqada. Ularning orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Fransiyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi TGV SNCF poezdining maksimal tezligi - soatiga 575 kilometr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Dunyoning eng tezyurar poezdlari reytingi"da O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?