11:20 / 02.05.2017
6 440

2018 yildan milisiyadagi barcha so‘roqlar videoga yozib olinadi

2018 yildan milisiyadagi barcha so‘roqlar videoga yozib olinadi
O‘zbekistonda milisiya bo‘linmalarida gumonlanuvchilarni so‘roq qilish uchun videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (pdf)da aytiladi. Bu haqda «Kommersant’.uz»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

Ushbu hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan ichki ishlar organlaridagi barcha tergov harakatlari so‘roqni stenografiya usuli bilan yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va videoga muhrlash tizimlari bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi.

Bundan tashqari, kelasi yil boshiga kelib, Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensaloqa tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yildan milisiyadagi barcha so‘roqlar videoga yozib olinadi