19:09 / 02.05.2017
19 549

Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi

Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi
2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Har bir murojaat e’tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Unda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligida patronaj ishini yanada yaxshiroq tashkil qilish bo‘yicha shtab tashkil qilingan. Hududlarda patronaj xizmat qanday olib borilayotgani yuzasidan barcha kerakli ma’lumotlar o‘rganib borilmoqda.

Qayd etilishicha, patronaj sumkalarida bolalarni o‘lchash uchun tarozi, tana haroratini o‘lchaydigan gradusnik, fuqarolar qon bosimlarini o‘lchash uchun tanometrlar bo‘lishi kerak.

«Kun.uz» muxbiri vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga savol bilan yuzlandi: «Qishloq vrachlik punktlarida bo‘lganimizda, guvoh bo‘ldikki, hamshiralarning maoshlari miqdorlari juda ham past. Bu miqdor o‘rtacha 400 ming so‘mni tashkil etadi, bu pul plastikka tashlab beriladi va u naqd pulga aylantirilganda, 350 ming so‘m qoladi. Bu maosh mijoz uchun jon kuydirib xizmat qiladigan hamshiraning yashash sharoitlarini ta’minlab bera olmaydi. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda»

Vazir o‘rinbosari hamshiralar uchun qayg‘urayotgan jurnalistlarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

«Shu yilning mart oyida prezident tomonidan qabul qilingan «Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

Unda patronaj hamshiralarining ish reytingini ishlab chiqish bo‘yicha muddat berilgan. Ya’ni, bir oy muddat ichida ularning ish reytingini hisobga olish bo‘yicha nizom ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, har bir hamshiraga ularning ishi samaradorligi bo‘yicha oylik maoshlari to‘lanadi. Yangi nizom ishlab chiqilib, tasdiqlangach, ularning oylik maoshlari ish samaradorligidan kelib chiqqan holda to‘lanadi», deya javob qaytardi vazir o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi