Prezident Qarori bilan O‘zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi

  • 04 may 2017, 12:56
  • 5 570
  • O‘zbekiston
  • Prezident Qarori bilan O‘zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi
    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy teleradiokompaniya tarkibida “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi deb “Daryo.uz” xabar bermoqda.

    Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladigan va butun respublika bo‘ylab kun-u tun efirga uzatiladigan yangi kanal ishga tushirilishidan ko‘zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot etkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.

    Davlat organlari mas’ul rahbarlarining aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini yo‘lga qo‘yish, sharhlovchilar, ekspertlar, akademik doiralar vakillarini joylardagi dolzarb masalalar va fuqarolarning muammolarini muhokama etish va hal qilish uchun jalb etilishi ham “O‘zbekiston 24” vazifalari sirasiga kiradi.

    Mazkur qaror bilan “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanali tugatiladi, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tadi. “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

    “O‘zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

    Yangi kanal yaqin oylarda efirga chiqishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident Qarori bilan O‘zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi