23:36 / 04.05.2017
6 784

Chorrahalarda to‘xtash chizig‘ini bosgan haydovchilarga solinadigan jarimalar o‘zgartirilishi mumkin

Chorrahalarda to‘xtash chizig‘ini bosgan haydovchilarga solinadigan jarimalar o‘zgartirilishi mumkin
2017 yil 4 may kuni Toshkent IIBBda odatdagidek matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda, shahar ichki ishlar bo‘limlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, profilaktika va boshqa belgilab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bilan hamkorlikda chorrahalarda svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ketganlik va to‘xtash chizig‘ini bosib to‘xtaganlik uchun jarimalar miqdorini o‘zgartirish masalasini o‘rganib chiqib, takliflar ishlab chiqadi. Bunda qonunbuzarliklarni sodir etgan voyaga etmaganlar hamda 60 yoshdan oshganlarga nisbatan jazolarni yengillatish bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilgan tamoyillar e’tiborga olinadi.

Bu haqda Toshkent IIBB brifingida ishtirok etgan Oliy Majlis Senati a’zosi Botir Matmuratov ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chorrahalarda to‘xtash chizig‘ini bosgan haydovchilarga solinadigan jarimalar o‘zgartirilishi mumkin