07:08 / 05.05.2017
6 323

4 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi

4 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy zilzila (aftershok) qayd etilgan. Bu haqida FVV xabarnomasida ma’lum qilindi deb yozadi Kun nashri.

Zilzila markazi Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Bu erda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni tashkil qildi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada - 2 ball, Andijonda - 2 ball, Namanganda - 2 ball, Toshkentda - 2 ballga yaqin bo‘lgan.

Zilzila oqibatida jabrlanish holatlari va talofatlar kuzatilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi