16:49 / 07.05.2017
6 641

Kameralar orqali eng ko‘p qoida buzgani aniqlangan haydovchilar e’lon qilindi

Kameralar orqali eng ko‘p qoida buzgani aniqlangan haydovchilar e’lon qilindi
Foto: Kun.uz

Toshkent telekanalining” Poytaxt-Vaziyat” dasturida ayrim fuqarolar tomonidan ko‘p martalab yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etish holatlari haqida berilgan axborot ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.

Teledasturda Toshkentning 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar ishga tushgan 2017 yil 15 mart kunidan boshlab eng ko‘p qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3 nafar haydovchilar haqidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

Unga ko‘ra, “Lada 2107” rusumli davlat raqami 01 J278 HA bo‘lgan avtomobil haydovchisi 15 martdan buyon 20 marta chorrahalardagi kameralar e’tiboriga tushgan. U 19 marta belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qilmagan va bir marta svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ketgan. Shu sababli bu haydovchiga 3 145 275 so‘m jarima solinadi.

Salbiy reytingning ikkinchi o‘rnida borayotgan “Spark” rusumli davlat raqami 01 T 885 TA bo‘lgan avtomobil haydovchisi 21 marta qoidani buzgan. Unga nisbatan jarimalar miqdori 7 039 425 so‘mni tashkil etadi.

Eng ko‘p qoidabuzarlik “VAZ 2103” rusumli davlat raqami 10 J 506 FA bo‘lgan avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan. U 32 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangani uchun solingan jarima miqdori 9 435 825 so‘mni tashkil etgan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari esa teledasturda e’lon qilingan ma’lumotlarga turlicha qarashlarini bildirmoqdalar. Ayrimlar 9 mln jarima belgilangan mashinaning o‘zi bu qadar turmasligini kinoya qilishgan bo‘lsa, boshqalar kameralar xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va o‘ziga to‘q kishilarga tegishli bo‘lgan hamda ko‘p marotaba qoida buzgan avtomobillarni ko‘rmasmikan, deya kesatiqli luqma tashlashgan.

Yana bir foydalanuvchi mashina ijaraga olinganini taxmin qilsa, boshqa biri haqli ravishda qoidaga rioya qilib yurishni tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kameralar orqali eng ko‘p qoida buzgani aniqlangan haydovchilar e’lon qilindi