Internet tarmog‘i foydalanuvchilari bozorlarimizdagi odatiy rangda bo‘lmagan meva-sabzavotlar bo‘yicha suhbatlashmoqda. Bu haqda «Uz24.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
Foydalanuvchilardan biri «Potrebitel.uz» guruhiga odatda qizil rangda bo‘ladigan tarvuzning sariq rangdagi rasmini joyladi. Uning yozishicha, bunday tarvuz Qashqadaryodan olib kelingan. Biroq poytaxt bozorlarida uning hali bor-yo‘qligi aniq emas. Aytilishicha, sariq tarvuz Yaponiya navidir.
Ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, bu tarvuz qovun bilan chatishtirilgan yoki unga kimyoviy moddalar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Tarvuzni tatib ko‘rganlar esa uning ta’mi mazali ekanligini aytmoqda.
Shuningdek, suhbatga qo‘shilgan boshqa foydalanuvchilar bozorlarimizda sariq rangli pomidor va malina ham borligini yozmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi