09:32 / 30.06.2015
7 678

O‘zbekistondagi provayderlar MTRK telekanallarini uzib qo‘yishga haqli emaslaklari aytildi

O‘zbekistondagi provayderlar MTRK telekanallarini uzib qo‘yishga haqli emaslaklari aytildi
Amaldagi hujjatlarga ko‘ra O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining (MTRK) “DVB-T” raqamli formatida translyasiya qilinuvchi 12ta milliy telekanali raqamli televideniening barcha foydalanuvchilari uchun ochiq tarzda taqdim qilinishi kerak, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Xususan, raqamli televideniedan foydalanayotganlar uchun “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Srort”, “Oilaviy”, “Bolajon”, “Navo”, “Madaniyat va ma`rifat”, “Diyor”, “Dunyo bo`lab”, “Kinoteatr” va “Mahalla” ijtimoiy telekanallari bepul namoyish qilinadi.

Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganilgan holat shuni ko‘rsatmoqdaki, foydalanuvchilar tomonidan televidenie xizmatlari uchun haq to‘lanmaganda ko‘pchilik pullik raqamli televidenie provayderlari ushbu 12ta telekanalni bepul taqdim qilishni to‘xtatib qo‘ymoqda.

Ta’kidlash joizki, "UzdigitalTV" MChJ mijozlari hisobida pul qolmasa, ushbu provayder faqatgina pullik kanallarni uzib, bepul 12ta milliy telekanalni ko‘rsatishni davom ettiraveradi.

Shu munosabat bilan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga televidenie xizmatlari uchun haq to‘lanmaganda milliy (bepul) kanallarning qolgan pullik kanallar bilan bir qatorda uzib qo‘yilishi holati qanchalik qonunga to‘g‘ri kelishi borasida ma’lumot berish maqsadida xat yo‘llandi.

Ushbu holat bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbektelekom” AK, “UzdigitalTV”, “MaksLayn” va “O’zbekistonKabelTelevideniyasi” MChJlarga yuqorida aytilgan 12ta kanalni mijozlar hisobida pul qolmagan taqdirda ham ko‘rsatilishi ta’minlanishi bo‘yicha maktub yo‘lladi.

Bundan kelib chiqqan holda tegishli lisenziyaga ko‘ra o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi pullik raqamli televidenie provayderlari ushbu 12ta kanalni mijoz hisobida pul qolmagan taqdirda ham uzib qo‘yishga haqlari yo‘qligi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi provayderlar MTRK telekanallarini uzib qo‘yishga haqli emaslaklari aytildi