09:40 / 15.05.2017
5 558

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda yo‘llar quradi

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda yo‘llar quradi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadi. O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXRga davlat tashrifi davomida tegishli kelishuvlarga erishishgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi Husniddin Hosilovning aytishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Xitoy kompaniyalari bilan qator hujjatlarni imzoladi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlar avtomobil yo‘llari va Qamchiq dovoni orqali yangi tunnel, shuningdek, Toshkentda halqa yo‘lini qurishga tegishli.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy moliya institutlaridan kreditlar ham jalb etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda yo‘llar quradi