17:32 / 16.05.2017
8 805

Yuridik universitet qabul kvotalari sonini oshirdi

Yuridik universitet qabul kvotalari sonini oshirdi
Toshkent davlat Yuridik universiteti 2017-2018 o‘quv yili uchun qabul kvotalarini tasdiqladi. Lex.uz saytida prezidentning tegishli qarori chop etilgan, deb ma’lum qiladi Kun.uz.

Unga ko‘ra universitetga qabul qilinadigan bakalavrlar soni to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar hisobiga 450dan 600gacha oshirilgan.

Shuningdek, ushbu qarorda Toshkent Yuridik universitetiga hujjat topshirgan xorijlik talabalar kvotadan tashqari tartibda, imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ular faqat suhbatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, xorijlik talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi va o‘qish pulini xorij valyutasida to‘laydi.

Eslatma. 2016 yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.

Shunga ko‘ra, bu yildan OTMlarga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Davlat konservatoriyasida esa qabul komissiyasi 15 iyundan 10 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Bungacha test sinovlari 10 iyul sanasiga o‘tkazilar edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yuridik universitet qabul kvotalari sonini oshirdi