7 104
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuxamedov imzolagan hujjatlar nimalardan iborat?
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning o‘zaro muzokaralaridan keyin "Avaza" kongress-markazida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hujjatlar imzolandi, deb yozadi Kun.uz nashri:
- Turkmaniston energetika vazirligi va "O‘zbekenergo" AJ o‘rtasida elektr energiyani tranzit qilish va uzatish haqidagi hamfikrlik Memorandumi;
- Turkmanistonning atrof-muhit va er zaxiralarini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik kelishuvi;
- Turkmaniston sport davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik hamda yopiq inshootlarda V Osiyo o‘yinlari va jangovar san’at turlari bo‘yicha o‘zbek sportchilarining ishtirokini tashkillashtirish haqidagi bayonnoma;
- "Turkmenxovayollarы" xizmati va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi;
- "Turkmennebit" davlat konserni va "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi.
Tomonlar, shuningdek, Ashxobod va Toshkent shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kelishuvi hamda Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvini tuzdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?