21:48 / 21.05.2017
7 145

Buxoroda oliy madrasa qurilishiga kirishildi

Buxoroda oliy madrasa qurilishiga kirishildi
2017 yil 20 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov muhtaram Prezidentimizning shu yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga qilgan safarlari chog‘ida Mir Arab madrasasi maqomini yanada ko‘tarish bo‘yicha bergan topshiriqlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lishdi.

Buxoro shahrida Oliy madrasaning ma’muriy, o‘quv binolari va boshqa zarur inshootlar loyihasi mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi. Oliy madrasa binosi bugungi kun talablariga javob beradigan, keng va yorug‘, zamonaviy va milliy andozalarga mos hamda axborot resurs markazi va maxsus fanlar bo‘yicha o‘quv xonalariga ega bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Muftiy hazratlari yurtimizdagi bunday buyuk bunyodkorlik ishlar tinchlik-xotirjamlik tufayli amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar. Yoshlarimizni, xalqimizni ana shunday katta ne’matning shukronasini qilib yashash, astoydil harakat qilib, ilm-ma’rifat, kasb-hunar egallashga undadilar.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda oliy madrasa qurilishiga kirishildi