O‘zbekiston aholi soni ko‘pligi bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinni egallab turibdi

  • 03 iyul 2015, 17:33
  • 6 226
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston aholi soni ko‘pligi bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinni egallab turibdi

    O‘zbekiston 2014 yil yakunlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari aholisi reytingida 43-o‘rinda qayd etildi. Bu haqda Jahon banki hisoboti'ga asoslanib Kun.uz ma’lum qilgan.

    Jahon banki 189 mamlakat aholisini hisoblab, reyting tuzgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonda 30,743 mln kishi yashaydi.

    2013 yil yakunlari bo‘yicha ham O‘zbekiston 43-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘shanda aholi soni 30,241 million kishi bo‘lgan. Ya’ni keyingi bir yilda O‘zbekiston aholisi 502 ming kishiga ko‘paygan.

    2014 yilgi ro‘yxatdan jami 214 davlat joy olgan bo‘lib, dastlabki o‘rinlarni Xitoy (1,364 milliard kishi), Hindiston (1,267 milliard kishi), AQSh (318,857 million kishi) egallagan. Dastlabki o‘nlikda Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Rossiya va Yaponiya nomlari ham ko‘rsatilgan.

    Фикрлар

    » » O‘zbekiston aholi soni ko‘pligi bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinni egallab turibdi