O‘zbekiston MTRK tarkibida tashkil etilayotgan yangi “O‘zbekiston-24” informasion teleradiokanalida umuman qo‘shiq qo‘yilmaydi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, teleradiokanal orqali tunu kun axborot uzatiladi.
Teleradiokanal rahbarlar tarkibi ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, uzoq yillardan buyon “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida muharrir va boshlovchilik qilgan Ozod Hamidxo‘jaev 256 kishilik yangi tarkibga rahbarlik qiladi. Unga radiokanal tizimida o‘rinbosar sifatida “Sharq” NMKda turli lavozimlarda xizmat qilgan Ulug‘bek Rahimov faoliyat olib boradi.
Telekanal kun boshlanishida turli mavzularda, kun bo‘yi mavzular tematikasi bo‘yicha axborot beradi. Tunda ham umumiy ma’lumotlar uzatiladi.
Radiokanal telekanal dasturlariga muvofiq ravishda ishlashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, radiokanalda ham ko‘ngilochar dasturlar bo‘lmaydi. Har yigirma daqiqada axborot va orada o‘n-o‘n besh daqiqa qisqa, tematik eshittirishlar radio tinglovchilarga havola etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi