17:06 / 02.06.2017
8 609

O‘zbekistondagi eng katta sport kompleksi 2018 yil kuziga qadar quriladi

O‘zbekistondagi eng katta sport kompleksi 2018 yil kuziga qadar quriladi
Toshkentda Humo Arena nomini olgan ko‘p tarmoqli muz kompleksi 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi, deb yozadi Sof.uz. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 maydagi qarorida so‘z boradi.

Hujjatga muvofiq, Singapurning Enter Engineering kompaniyasi muz kompleksini qurish bo‘yicha bosh pudratchi etib belgilandi. Janubiy Koreyaning Heerim Architects & Planners kompaniyasi esa bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.

Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida muz kompleksi qurilishi fevral oyida boshlangan edi, ushbu loyihaning umumiy qiymati 430 million dollardan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 14 ming kishilik tribunaga ega ko‘p funksional saroy hududida muz arenasi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon, o‘quv-ko‘ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko‘ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog‘lar, restoran va rekrasion zonalar, bog‘ va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko‘plab inshootlar joylashadi.

Binoning umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metr. Muz saroyi 12,5 ming tribunalarga ega bo‘lib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.

Majmua hududida sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajer zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashtiriladi.

Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish imkoniyati bor.

Enter Engineering guruhi turi murakkablikdagi sanoat va texnologik ob’ektlarni qurishga ixtisoslashgan bo‘lib, Rossiyaning «Gazprombank"i uning aksiyadorlaridan hisoblanadi, deyiladi kompaniya saytida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi eng katta sport kompleksi 2018 yil kuziga qadar quriladi