Prezident Shavkat Mirziyoyev “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan bog‘ni borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Xo‘jaobod tumanidagi lalmi maydonda tashkil etilgan yong‘oqzor va tokzorda 20 gektarga Kaliforniya yong‘og‘i, 23 gektarga tok navlari ekilgan. Kelgusida ekin maydoni kengaytirilib, meva turlari ko‘payadi. Qator oralariga bulg‘or qalampiri, piyoz, kartoshka, loviya, moshning xaridorgir navlari va boshqa sabzavotlar ekiladi.
Joriy yilning 11 may kuni Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Prezident ushbu qaror mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi. Andijonning ilmiy va mehnat salohiyatidan foydalanib, bu yo‘nalishda ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish, xaridorgir mahsulotlar etishtirish orqali xalqimizning daromadini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va kollejlarda o‘rmonchilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu erda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Bog‘i Furqat” fermer xo‘jaligi bazasida qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi va ko‘chatchilikni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi. Bu erda zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya tashkil etilib, virussiz urug‘ va ko‘chatlar etishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday o‘simliklar kasalliklarga chidamli bo‘ladi, ularni yil bo‘yi ekish mumkin. Qiymati 1,6 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha samarasida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari urug‘ va ko‘chatlari etishtiriladi, agrosanoat tarmoqlari va aholiga etkazib beriladi. 38 ish o‘rni yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirish maqsadida barcha hududlarda gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari etishtirish, minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi