2014 yilda yosh oilalarga 215 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi

  • 06 dekabr 2014, 13:37
  • 5 241
  • O‘zbekiston
  • 2014 yilda yosh oilalarga 215 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi

    Avval xabar berganimizdek, 5 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov ma’ruza qildi. Ma’ruzaning to‘liq matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

    Prezident o‘z ma’ruzasida aytishicha, 2014 yilda yosh oilalarga uy-joy sotib olish, uni qurish va rekonstruksiya qilish, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilish uchun qariyb 215 milliard so‘mlik imtiyozli ipoteka kreditlari va 57 milliard so‘mlik foizsiz qarz mablag‘lari ajratildi. Ana shunday tadbirlar qatorida Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan 1 milliard 500 ming so‘m qiymatidagi maishiy elektr texnika vositalari kam ta’minlangan oilalarga bepul tarqatilganini qayd etish lozim.
    «Bizning e’tiborimiz markazida turgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan o‘z biznesini tashkil qilishga intilayotgan yigit-qizlarga 170 milliard 700 million so‘m miqdorida kreditlar ajratib berilgani va ular o‘z xususiy ishini ochish imkoniga ega bo‘lganining o‘zi, hech shubhasiz, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan o‘ta muhim muammolarni echishga imkon berdi», — dedi Islom Karimov o‘z ma’ruzasida.

    Foto: O‘zA

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2014 yilda yosh oilalarga 215 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi