15:36 / 03.06.2017
7 073

Shavkat Mirziyoyev talabi: «Prokuror tadbirkorni sizlasin!»

Shavkat Mirziyoyev talabi: «Prokuror tadbirkorni sizlasin!»
Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda davlat rahbari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarishda tadbirkorlarning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Unga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi turmush farovonligini oshirayotgan, iqtisodiyot lokomotivi bo‘lgan tadbirkorlarni hurmat-izzatini joyiga qo‘yishi lozim.

Prezident jumladan shunday degan:

“Tadbirkorni “siz” demagan prokurorni o‘z ishiga noloyiq deb bilaman. Har haftada viloyat, tuman va shahar prokurorlari tadbirkorlar bilan uchrashib, ular dardini tinglasin. Ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rsin. Negaki, bittagina ish o‘rnini yaratgan tadbirkor jamiyat uchun kerakli odamdir”.

Bundan tashqari, prokurorlar ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishiga ham javobgardirlar.

Avvalroq, Andijon viloyati faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatning Xonobod shahrini yana rivojlantirish yuzasidan hukumat qarori qabul qilinishi lozimligi haqida gapirgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev talabi: «Prokuror tadbirkorni sizlasin!»