Vazirning birinchi o‘rinbosari: «Oliy o‘quv yurtlarida bunkerlar bo‘lmaydi»

  • 07 iyun 2017, 18:01
  • 4 677
  • O‘zbekiston
  • Vazirning birinchi o‘rinbosari: «Oliy o‘quv yurtlarida bunkerlar bo‘lmaydi»
    Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yiliga abiturientlar qabuli mavzulariga bag‘ishlandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

    Tadbirda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Majidov, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor Majit Karimov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Sadriddin Turobjonov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz Tuychiev, Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar nomzodi Mansurxon Kamalov ishtirok etishdi va OAV xodimlari, ekspertlar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javob berishdi.

    Ta’kidlash joizki, bugungi press-klubda barcha ko‘plab savollarga oydinlik kiritildi, spikerlar har bir savolga atroflicha, to‘liq javob berishga harakat qilishdi va bu esa anjumanning qizg‘in hamda qiziqarli o‘tishiga yordam berdi.

    Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan «Joriy yil davlat imtihonlari vaqtida bunker, X-variant degan gaplar bo‘ladimi?» deb yo‘llangan savolga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Madjidov quyidagicha javob berdi:

    «Oliy ta’lim muassasalarida bunday ishlar bo‘lmaydi. Lekin tashqarida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari bu holatlarni kamaytirishdan manfaatdor».

    Shu o‘rinda Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jaev ham bu haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi:

    «Biz bugungi kundagi islohotlar davrida OTMga har tomonlama aqlli, bilimli talabalar o‘qishga kirishidan manfaatdormiz. Har bir domla darsga kirganida aqlli, idrokli, zakovatli yoshlar bilan ishlagisi keladi. Hech nimani tushunmaydigan, bunker yoxud turli yo‘llar orqali o‘qishga kirgan talabalar aslida, bu oliy o‘quv yurtlari uchun jazodir» .

    Shuningdek, anjuman spikerlari ota-onalar ko‘chada o‘qishga olib kirishni va’da beruvchi firibgarlarga ishonmay, farzandlarini bilim olishga, izlanishga yo‘naltirishlarini, bu esa albatta, o‘z natijasini berishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Vazirning birinchi o‘rinbosari: «Oliy o‘quv yurtlarida bunkerlar bo‘lmaydi»