03:59 / 09.06.2017
6 228

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Rossiya va Qozog‘istonga yangi reyslari joriy etdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Rossiya va Qozog‘istonga yangi reyslari joriy etdi
Yozgi navigasiya mavsumida talabning oshishi munosabati bilan 5–27 iyul uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Qozon, Sankt-Peterburg, Moskva va Ostona shaharlariga qo‘shimcha reyslar joriy etdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida berilgan ma’lumotga asoslanib Daryo nashri ma’lum qildi.

Reyslar grafigi quyidagicha:

Qozonga — payshanba kunlari (mahalliy vaqt bilan):

HY 697 Toshkent 07:30 – Qozon 09:00;

HY 698 Qozon 11:00 – Toshkent 16:20.

Toshkent–Ostona–Toshkent — shanba kunlari:

HY 721 Toshkent 12:45 – Ostona 15:45;

HY 722 Ostona 16:45 – Toshkent 17:45.

Qarshi–Sankt-Peterburg–Qarshi— chorshanba kunlari:

HY 639 Qarshi 08:50 – Sankt-Peterburg 12:05;

HY 640 Sankt-Peterburg – 13:35 Qarshi 20:30.

Qarshi–Moskva–Qarshi— chorshanba kunlari:

HY 605 Qarshi 21:55 – «Domodedovo» 00:10;

HY 606 «Domodedovo» 01:40 – Qarshi 07:40.

Barcha reyslar Airbus A-320 va Boeing V-757 avialaynerlarida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekiston havo yo‘llari» Rossiya va Qozog‘istonga yangi reyslari joriy etdi