23:46 / 12.06.2017
10 498

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi
Shuhrat Mutalov Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.

Mutalov bungacha mazkur institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Institut saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shuhrat Mutalov texnika fanlari nomzodi, dosent. U shu institutning bitiruvchilaridan biri bo‘lib, bu erda o‘qishni tamomlaganidan — 2001 yildan beri ishlab keladi.

Eslatib o‘tamiz, institutning avvalgi rektori Sadriddin Turobjonov bir oy avval Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlangan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi