16:53 / 15.06.2017
4 658

Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab «Lukoyl»ning AYoQShlari quriladi

Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab «Lukoyl»ning AYoQShlari quriladi
Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab AYoQShlar tarmog‘ini quradi. Bu haqda 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda o‘tgan anjumanda "O‘zbekneftgaz" rahbari Alisher Sultonov ma’lum qildi.

Kelgusida "Lukoyl" respublikaning boshqa hududlarida ham ochiladi.

"Lukoyl"ning Toshkentda qurilgan ilk AYoQShida boshqa mamlakatlardan keltirilgan benzin va dizel yoqilg‘isi sotiladi. Kompaniya oldiga minimal sifat talablari qo‘yiladi — AI-92 va AI-95 benzin hamda ekodizel. Yoqilg‘ilar mahalliy AYoQShlarga qaraganda birmuncha qimmatroq bo‘ladi, deydi Sultonov.

"O‘zbekneftgaz" rahbari "Lukoyl"ning birinchi shoxobchasi ochilishi ortga surilayotganiga ham oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya tomonini tashkiliy masalalarni hal qilishi biroz kechikmoqda, yaqinda bu hal bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab «Lukoyl»ning AYoQShlari quriladi