10:13 / 22.06.2017
8 068

Shavkat Mirziyoyev Hayit arafasida va ayyomdan so‘ng qaerlarga tashrif buyuradi?

Shavkat Mirziyoyev Hayit arafasida va ayyomdan so‘ng qaerlarga tashrif buyuradi?
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 23 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi, deb xabar beradi Dia.uz nashri.

Mirziyoyevning 23 iyun kuni Farg‘onaga tashrifi boshlansa, u kamida ikki kun davom etadi. Oyning 25-26 sanalari esa Ramazon hayiti va arafasiga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqadiki, davlatimiz rahbari Namanganga hayitdan so‘ng qadam ranjida qiladi.
Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifini ko‘pchilik orziqib kutmoqda. Viloyatda prezident tashrifidan so‘ng yirik ishlab chiqarish ob’ektlari loyihalari tasdiqlanishi, minglab ish o‘rinlarini yaratilishiga zamin hozirlaydi.

Farg‘ona viloyatida tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, shahar va tumanlarda obodonlashtirish ishlari olib amalga oshrilayotir.
Prezident shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyatlariga tashriflar uyushtirdi. Bu tashriflardan so‘ng u har bir viloyatda ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Davlat rahbari turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Hayit arafasida va ayyomdan so‘ng qaerlarga tashrif buyuradi?