O‘zbekistonda yarim million abiturient oliygohlarga hujjat topshirdi

  • 19 iyul 2015, 12:33
  • 5 729
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda yarim million abiturient oliygohlarga hujjat topshirdi

    Oliy o‘quv yurtlari qabul komissiyalari ishining yakunlanishiga 2 kun qoldi. Shu davrga qadar respublika bo‘yicha jami 504 867 abiturient hujjat topshirishga ulgurdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
    Eng ko‘p hujjat Termiz davlat universitetiga topshirildi – 29 610. Eng kamtarona ko‘rsatkich milliy raqs va xoreografiya maktabida – 197 abiturient.
    Toshkent shahri bo‘yicha eng talab katta oliygohga Toshkent davlat pedagogik universiteti bo‘ldi. U erga 15 911 abiturient hujjat topshirdi.
    Shuningdek, joriy yilda abiturientlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilishi kutilmoqda. 2014 yili oliygohlarga 543 ming abiturient hujjat topshirgan edi. Joriy yilda bakalavriatga 57 957 talaba qabul qilinishi inobatga olinsa, bitta o‘rin uchun tanlov 8.71ni tashkil qiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda yarim million abiturient oliygohlarga hujjat topshirdi