23:00 / 28.06.2017
6 178

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
Soha mutaxassislarining xabar qilishicha, ertaga yurtimiz bo‘ylab havo harorati issiq va qisman bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan osmonni bulut qoplaydi. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +20... +22 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida issiq bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan osmonni bulut qoplaydi. Harorat kunduzi +34... +39, kechasi +18... +23 darajada bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida issiq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +33... +38, kechasi +20... +25 daraja issik bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +33... +38, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham issiq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Vaqti – vaqti bilan havo bulutli bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo o‘zgarib turadi. Harorat +30... +35, kechasi esa +18... +23 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi