O‘zbekiston Jahon banki hisobotida islohotchi mamlakatlar top o‘ntaligidan joy oldi

  • 01 iyul 2017, 10:10
  • 3 960
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston Jahon banki hisobotida islohotchi mamlakatlar top o‘ntaligidan joy oldi
    30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

    Joriy yilning shu kuniga qadar ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 20 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Farmoni va qarorlari hamda 25 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.

    Mazkur hujjatlarga muvofiq, mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblangan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar, oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tavsiyanomalari bo‘yicha ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa shaxslar mikrokreditlar summasi EKIHning 200 barobarigacha asosiy qarzni to‘lash uchun 6 oylik imtiyozli muddat bilan 3 yilgacha, yaratgan yangi ish joyi soniga qarab 6 foizdan 9 foizgacha kredit olish huquqlariga ega bo‘lishdi.

    Tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi kabi etakchi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el hukumatlari tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
    Xususan, Jahon bankining «Biznesni yuritish 2016» hisobotida O‘zbekiston biznesni yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha top 10 islohotchi mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston Jahon banki hisobotida islohotchi mamlakatlar top o‘ntaligidan joy oldi