09:20 / 03.07.2017
7 657

23 yoshli yigit Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

23 yoshli yigit Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli yigit Alisher Sa’dullaevni Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan. Bu ma’lumotni «Kun.uz» saytining vazirlikdagi manbasi tasdiqladi.

1 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Alisher Sa’dullaevni vazirlik jamoasiga o‘zining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirgan.

Alisher Sa’dullaev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.

U shu vaqtgacha Toshkent shahridagi Result o‘quv markazi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 23 yoshli yigit Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi