13:37 / 04.07.2017
7 441

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi
2017 yil 1 iyulda O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiev Toshkentda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Vladimir Zarudniskiy boshchiligidagi delegasiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Rossiya delegasiyalari Markaziy Osiyodagi joriy vaziyat va xavfsizlikdagi muammolar bo‘yicha fikrlar almashishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston mudofaa vazirligi.

Tomonlar, shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya vakillari harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashgan.

Ikki tomon 2017 yil oxirigacha mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha shtab muzokaralari va Forish poligonida qo‘shma taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazishga kelishib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi