13:53 / 06.07.2017
6 846

GM-Uzbekistan «Gentra» va «Matiz» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda

GM-Uzbekistan tasarrufidagi Asaka avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning zavodda ishlab chiqariladigan yangi avtomobillar va ishlab chiqarilishi tugatilayotgan avtomobillar borasidagi savollariga javob berar ekan, «Matiz» avtomobili yaqin orada ishlab chiqarishdan olib tashlanishini ma’lum qildi.

«Xalqimiz tobora sifatli, zamonaviy avtomobillar xarid qilishi tendensiyasi kuzatilmoqda. «Spark» rusumi ham o‘zi aynan «Matiz» avtomobilini almashtirish uchun joriy etilgandi. Yaqin 1–2 yilda «Matiz»ni ishlab chiqarishdan butunlay voz kechmoqchimiz. Chunki, «Matiz» GM’ning zamonaviylik (karbyuratorli avtomobil bo‘lgani sababli — tahr.) shuningdek, xavfsizlik siyosatiga ham mos kelmaydi. Chunki yaqindan boshlab O‘zbekistonning ichki bozorida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar ham xavfsizlik yostiqchasi bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda», dedi u.
GM-Uzbekistan «Gentra» va «Matiz» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda
Rustam Rajabov yaqin kelajakda «Lacetti» (Gentra) avtomobilini ham ishlab chiqarishni yakunlash mo‘ljallanayotganini malum qildi.

«Lacetti» (Gentra) ham eskirgan model hisoblanadi. Uning o‘rniga shu klassga oid mutlaqo yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha tijorat siri bo‘lganligi uchun, yangi modelning nomi va unga oid tafsilotlarni sizlar bilan o‘rtoqlasha olmayman», — dedi Rajabov jurnalistlar va blogerlar bilan o‘tkazilgan prezentasiya va matbuot anjumanida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » GM-Uzbekistan «Gentra» va «Matiz» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda