11:22 / 07.07.2017
7 124

TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo‘lga tushdi

TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo‘lga tushdi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish tizimini joriy etgan. Bu haqda universitet saytida ma’lumotlar berilgandi.



5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abiturienti uchun test imtihonlari o‘tkazildi.

Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida «Zaychik» abiturientlar aniqlandi, deb xabar berildi universitetning Facebook’dagi sahifasida.
Xalq orasida «Zaychik» deya ataluvchi abiturientlar «biometrik tizimni aldayman» degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lgan, natijada esa 16 ta «zaychik» qopqonga tushdi.

Shuningdek 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi.

Diplom muqovasi ichiga konspirasiya – ya’ni yashirilgan telefonlar ham aniqlandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo‘lga tushdi