11:02 / 12.07.2017
6 720

Toshkent yoshlar ittifoqiga rahbar tayinlandi

Toshkent yoshlar ittifoqiga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kengashiga yangi rahbar tayinlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov ushbu lavozimga munosib ko‘rilgan. Bu haqda Elbek Shukurov matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 5 iyuldagi farmoni bilan Yoshlar ittifoqining Toshkent kengashi rahbari poytaxt hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2009 yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan. Unda bir necha yil turli lavozimlarda ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent yoshlar ittifoqiga rahbar tayinlandi