O‘zbekistondagi uchta bankning nomi o‘zgardi

  • 12 avgust 2015, 22:04
  • 6 161
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistondagi uchta bankning nomi o‘zgardi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan uchta bankning nomi o‘zgardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmatining malumotiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    Xabar qilinishicha, «Trastbank» xususiy aksiyadorlik birja bankining nomi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga, «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki nomi «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankiga, O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining nomi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga o‘zgargan.

    Nomi o‘zgarganligi munosabati bilan mazkur banklarga bank operasiyalarini amalga oshirish uchun berilgan lisenziya va chet el valyutasida operasiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh lisenziya blanklari almashtirib berilgan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 9-bandida 2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistondagi uchta bankning nomi o‘zgardi