O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 11 iyul kuni migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezidentning «Migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda fuqarolarni pasport tizimi va migrasiya hamda fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimi joriy etiladi.
Yangi tizim 2018 yilning 1 may kunidan joriy etiladi. Tizim biometrlik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish jarayonini soddalashtiradi.
Prezident 2018 yilning 1 fevraliga qadar chet davlatlar hududida O‘zbekistonning migrasiya sohasidagi tegishli organlari vakolatxonasini ochish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasini topshirdi.
Shuningdek, davlat idoralari xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish va mehnat qilishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish masalasini ham ishlab chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?