12:35 / 22.07.2017
8 405

Toshkent tumani qayta tashkil etiladi

Toshkent tumani qayta tashkil etiladi
Toshkent viloyati tarkibida yana Toshkent tumani qayta tashkil etiladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Zangiota tumanida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etiladi. Bunga Zangiota tumani hududining kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.

2010 yilning avgustida Oliy Majlis Senati qarori bilan Toshkent viloyati tarkibidagi Zangiota va Toshkent tumanlari birlashtirilib, ularning asosida Zangiota tumani tashkil etildi, Keles shahri esa ushbu tumanning ma’muriy markazi etib belgilangandi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyatga bo‘ysunadi.

Avvalroq To‘ytepada yangi shahar qurilishi uchun 2 milliard dollar sarflanishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent tumani qayta tashkil etiladi