18:33 / 26.07.2017
7 336

Markaziy bank raisi o‘rinbosari avtokreditlar to‘xtatilishiga aniqlik kiritdi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari avtokreditlar to‘xtatilishiga aniqlik kiritdi
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida yaqinda bir qator banklar tomonidan avtokreditlar berish to‘xtatilgani bilan bog‘liq savol o‘rtaga tashlandi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Savolga O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jaev javob berdi. Uning ta’kidlashicha, banklar jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kredit beradi. Bank bir yillik resurs jalb qilsa, bir yillik, o‘n yillik resurs jalb qilsa, o‘n yillik kredit beradi.

Avtokreditlar yopilishi masalasiga oydinlik kiritar ekan, Saidkamol Xo‘jaev joriy yilning boshidan buyon uzoq muddatli kreditlar ko‘p ajratilganini aytib o‘tdi. «Ba’zi banklar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib bugungi kunda uzoq muddatli kreditlar berishni qisqartirdi. Avtokreditlar ham uch yilga berilgani uchun uzoq muddatli kredit hisoblanadi va shuning uchun ba’zi banklar bu kreditlarni berishni to‘xtatdi», — dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim banklar hali ham avtokredit bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank raisi o‘rinbosari avtokreditlar to‘xtatilishiga aniqlik kiritdi