Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 508-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida yangilangan nizom, shuningdek, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda «Norma.uz» ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Davlat test markazining (Markaz) asosiy vazifalari belgilandi:
• ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish;
• ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;
• test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish;
• test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish;
• chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish.
Markaz direktoriga ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarining sifatli o‘tkazilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklanadi. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 72 nafargacha qisqartirildi (ilgari – 89 nafar).
Belgilanishicha, Markaz Davlat byudjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi