17:45 / 27.07.2017
6 676

TATUda abiturientlarga DTM varaqasi bilan birga ogohlantirish xati ham beriladi

TATUda abiturientlarga DTM varaqasi bilan birga ogohlantirish xati ham beriladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida yangiliklar joriy etiladi.

Universitet saytiga tayanib Kun.uz xabar qilishicha, test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abiturientning mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgani nazoratchilar tomonidan aniqlansa, o‘sha abiturientga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlariga kiritilmasdan, chetlashtiriladi.

TATU qabul komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda barcha abiturientlar nomiga maxsus ogohlantirish xatlari tayyorlandi va ular DTM varaqasini olishga kelgan har bir abiturientga taqdim etiladi.

Bu yil TATUga 1600 nafar talaba qabul qilinadi. Universitetga kirish uchun 12 234 nafar abiturient hujjat topshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TATUda abiturientlarga DTM varaqasi bilan birga ogohlantirish xati ham beriladi