18:00 / 29.07.2017
5 765

Sotilgan tovarlarni bepul etkazib berish uchun lisenziya talab etilmaydi

Sotilgan tovarlarni bepul etkazib berish uchun lisenziya talab etilmaydi
Tadbirkorlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi zarur bo‘lmagan hollarda ham lisenziya talab etayotganligidan shikoyat qilmoqda. Norma tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Haqiqatan ham lisenziyalanadigan tovarlarni bepul etkazib berish uchun lisenziya olish kerakmi? Quyida Adliya vazirligining tahririyat murojaatiga bergan javobini keltiramiz.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risida nizomning 2-bandiga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati lisenziyalanishi kerak.

Fuqarolik kodeksining 709-moddasiga binoan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga etkazib berish va oluvchiga topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

Tovarlarni olib borib berish etkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot etkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shu tariqa, O‘zADTA qonunga xilof ravishda:
  • Tijorat asosida amalga oshiriladigan tashish tushunchasini talqin qilmoqda;
  • Mahsulot iste’molchiga qo‘shimcha haq olinmasdan etkazib berilishiga qaramay, yuklarni tashish bo‘yicha xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar tannarxida jamg‘ariladi va tegishincha lisenziyalanishi kerak, deb ta’kidlamoqda.

Bundan kelib chiqadiki, sotuvchi tomonidan o‘z avtomobil transportida tovarlarni etkazib berilishida lisenziyani talab qilishning sababi noto‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyoti hisoblanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2016 yildagi 185-qarorining 2-bandida tovarlar sotuvchining o‘z avtomobil transportida etkazib berilganda lisenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno, deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sotilgan tovarlarni bepul etkazib berish uchun lisenziya talab etilmaydi