21:40 / 02.08.2017
11 755

Shavkat Mirziyoyev yangi soliq tuzilmasini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev yangi soliq tuzilmasini tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5116-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 3–4-ilovalarga muvofiq;

davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 131 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 263 nafar etib belgilansin, shundan 12 056 nafari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan, 75 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga:

zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish;

Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomni;

tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Maxsus jamg‘armaga ajratmalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.

4. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartishlar kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golыshev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahri 1 avgust

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi soliq tuzilmasini tasdiqladi