23:07 / 02.08.2017
12 431

Ertangi ob-havo: va nihoyat yomg‘ir va’da qilindi

Ertangi ob-havo: va nihoyat yomg‘ir va’da qilindi
Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud, deb yozadi Qalampir.uz nashri Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga asosan.

3 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +22... +24 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 12-17 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 kechasi esa +22... +27 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 5-10 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +22... +27 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +31... +36, kechasi +22... +27 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 5-10 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 daraja tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +34... +39 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertangi ob-havo: va nihoyat yomg‘ir va’da qilindi